Karlo Anchelotti: «Ayaks» EChLda g'olib chiqadi, deb o'ylamayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1170
«Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Ayaks»ning Evropa chempionlar ligasidagi ishtiroki borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Ayaks» juda yaxshi futbol o'ynamoqda. Ammo ularning yarim finalga chiqishini hech kim kutmagandi.
Ular chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritadi, deb o'ylamayman. Balki, adashayotgandirman. «Ayaks» faol futbol namoyish qilib, personal himoyadan foydalanmoqda. Ular kombinatsion o'yin namoyish etishmoqda», – dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, amsterdamliklar EChLning chorak finalida «Yuventus»ni mag'lub etib (1:1, 2:1), yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!