Ronaldu kechagi o'yindan keyin onasiga dardini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1733
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Doloresh dush Santush Aveyru Evropa chempionlar ligasining chorak final bahsidan keyin o'g'li bilan qanday mazmunda suhbatlashganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, turinliklar «Ayaks»ga imkoniyatni boy berib (1:2, birinchi o'yin – 1:1) musobaqani tark etishdi.
«U juda xafa edi. U finalga chiqishni istagandi. Krishtianu kelasi safar bu ishni amalga oshirishga harakat qilib ko'radi.
U menga nima dedi? «Ona, men mo''jiza yarata olmayman. Chempionatda hammasi yaxshi ketmoqda. Chempionlar ligasida esa omad etishmayapti, ammo biz hech narsa qila olmaymiz. Hayot davom etadi», – dedi portugaliyalik futbolchining onasi.
Ronaldu Chempionlar ligasining ushbu mavsumda 9ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.