Mbappe jamoadoshlarini tanqid qilgani uchun jazolandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1049
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Nant”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinni o'tkazib yuboradi.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel frantsiyalik futbolchini jamoadoshlarini noo'rin tanqid qilgani uchun shunday tarzda jazolagan.
“Lill”dan 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchragandan keyin Mbappe jamoa havaskorlarga o'xshab o'ynaganini aytgan edi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu “Nant” – PSJ” qarama-qarshiligi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!