Mag'lubiyat alami: Ronaldu jurnalistlar bilan gaplashishni istamadi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 992
Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Ayaks"dan mag'lub bo'lgan "Yuventus" futbolchilari o'yindan keyin ham xarakter ko'rsata olishmadi.
O'yindan so'ng jurnalistlar ikkala jamoa a'zolari bilan suhbat uyushtirishdi. Amsterdam jamoasi vakillari xursand kayfiyatda savollarga javob qaytarishdi. Keyin esa gollandiyalik va mahalliy jurnalistlar turinlik futbolchilarni kutib turishdi. Ammo ular bilan intervyu qila olishmadi. Ayniqsa, Ronaldu bilan suhbatlashishni istab turgan muxbirlar ham bunday imkoniyatga ega bo'lishmadi. Quyidagi videoda "Yuventus" futbolchilarining o'yindan keyingi holati va jurnalistlarga reaktsiyasini ko'rishingiz mumkin. VIDEO
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!