Istomin pastlashda davom etmoqda, unga nima bo'layapti?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 706
An'anaga ko'ra bugun, ya'ni hafta boshida professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR)ning haftalik yangi reytingni e'lon qilindi. O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bu safargi reytingda ham o'tgan haftadagi o'rnidan bir pog'onaga pastlab, hozirda 105-o'rinni egallab turibdi. Yana bir tennischimiz Humoyun Sultonov esa o'tgan haftadagi o'rnidan ikki pog'ona yuqoriga ko'tarildi va endilikda 385-o'rinni band etgan. ATR reytingida nomi qayd etilgan qolgan tennischilarimiz esa 500-o'rindan pastda joylashgan. Reytingni hamon serbiyalik Novak Jokovich katta farq bilan boshqarib bormoqda. U eng yaqin ta'qibchisi ispaniyalik Rafael Nadaldan naqd 2 345 ballga o'zib ketgan. Umuman, reytingning dastlabki o'ntaligida bironta ham o'zgarish kuzatilmadi. ATP reytingi. 15 aprel kungi holat: 1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) – 11 070 2. (2) Rafael Nadal (Ispaniya) – 8 725 3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 6 040 4. (4) Rojer Federer (Shveytsariya) – 5 590 5. (5) Dominik Tim (Avstriya) – 4 765 6. (6) Kei Nishikori (Yaponiya) – 4 200 7. (7) Kevin Anderson (JAR) – 4 115 8. (8) Stefanos Tsitsipas (Gretsiya) – 3 240 9. (9) Xuan Martin Del Potro (Argentina) – 3 225 10. (10) Jon Izner (AQSh) – 3 085 O'zbekistonlik tennischilarning reytingdagi o'rni: 105 (104). Denis Istomin (O'zbekiston) – 571 385 (387). Humoyun Sultonov (O'zbekiston) – 41 519 (520). Sanjar Fayziev (O'zbekiston) – 9 526T (528). Farrux Do'stov (O'zbekiston) – 8 584T (586). Sergey Fomin (O'zbekiston) – 5
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!