Sport – salomatlik garovi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4340
Farg'ona shahridagi «Istiqlol» stadionida ommaviy sport tadbiri o'tkazildi. 13 aprel kuni Farg'ona shahridagi «Istiqlol» stadionida sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga bag'ishlab o'tkazilgan ommaviy sport tadbiri doirasida Farg'ona viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasiga qarashli tibbiyot muassasalarining 5 mingdan ortiq xodimi yugurish, faol yurish va velosayrda ishtirok etdi. —Bunday ommaviy tadbirlardan maqsad aholi, jumladan, yoshlarni bevosita jismoniy tarbiya va sportga jalb etishbarobarida faollikni kundalik turmush tarziga aylantirishdir, - deydi Farg'ona viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Odiljon Umarov. - Har hafta tashkil etilayotgan shunday ommaviy tadbirlarda men ham faol qatnashib kelmoqdaman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!