So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ronald Kuman: «Men ketayotganimda «Barsa» 8 ochko ortda edi, hozir esa farq 15 ochkoga etdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137
"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Ronald Kumanning fikricha, u jamoani tark etgach «ko'k-anorranglilar» o'sishga erishmagan.
«Men jamoani tark etayotganimda peshqadamdan 8 ochko ortda qolayotgandik. Hozir esa ushbu farq deyarli ikki baravar oshdi.
O'zim ishlagan bir yilu 4 oy muddat haqida kitob yozishim mumkin. Men ishlagan paytda ba'zi hodisalar ro'y berdi: koronavirus, jamoa ma'lum muddat prezidentsiz qoldi, yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolay olmadik, keyin esa Messi va transferning so'nggi kunida esa Grizmann jamoani tark etishdi. Lyuk de Yongning transferi uchun meni ko'p tanqid qilishdi, ammo uning gollari tufayli «Barsa» 5-6 ochko jamg'ardi.
Men klub boshqaruvida muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Aksincha, «Granada» bilan o'yindagi mag'lubiyat tufayli La ligadagi g'oliblikni qo'ldan chiqardik, ammo Kubokni qo'lga kiritdik. Kubokni qo'lga kiritar ekansan, bu muvaffaqiyatsizlik hisoblanmaydi.
Hozirgi «Barselona» ham xuddi mening boshqaruvim paytidagidek. Demak, murabbiyning almashishi hamisha ham klubning foydasiga hal bo'lavermaydi. Oson va engil taqqoslashni amalga oshirish u qadar to'g'ri emas.
Albatta, «Barsa» qaysidir jihatdan o'sishga erishdi. Chunki jamoa 3 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ammo, yana takrorlayman, men ketayotganimda farq 8 ochko edi, hozir bu 15 ochkoga etdi. Bu Xavining aybi emas. "Barselona"dagi vaziyat shunday. Ular bejizga uy bahslarida mag'lubiyatga uchrashmayapti», – dedi Kuman.