«Buxoro» — «Lokomotiv». Liboslar rangi tanlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 867
Ushbu haftada CocaCola Superligada 5-tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
5-tur doirasida 18 aprel, payshanba kuni “Buxoro” o'z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi bahs yuritadi. Ushbu uchrashuvda buxoroliklar to'liq ko'k rangdagi liboslarda maydonga chiqishadi. “Temiryo'lchilar” esa oq futbolka, yashil shorti hamda oq getrilarda harakat qilishadi.
Ta'kidlash joiz, “Buxoro” — “Lokomotiv” bahsi 18 aprel, payshanba kuni soat 19:15da bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!