So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Dzyudo. Toshkentda yoshlar o'rtasida Osiyo ochiq kubogi bo'lib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1973
Kecha poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo ochiq kubogi boshlandi.
Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlab tashkil etilgan musobaqada BAA, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va O'zbekistondan jami 245 ishtirokchi (161 o'smir va 84 qiz) sovrinli o'rinlar uchun kurashadi. Ishtirokchilar soniga ko'ra, tabiiyki O'zbekiston etakchi (111), Qozog'iston (82) ikkinchi o'rinda qayd etilgan.
Bahslar o'smirlar o'rtasida -50, -55, -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg va qizlar o'rtasida -40, -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg vazn toifalarida tashkil etiladi.
Musobaqaning tantali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddi rahbarlari, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Ochilish marosimida so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov mazkur turnirning ahamiyatiga alohida to'xtaldi.
“An'anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqaning nufuzi yildan-yilga oshib bormoqda. Turli davlatlardan kelgan yosh polvonlar bellashuvlari ularning tajribalarini oshirish, dzyudoni yanada ommalashtirish va yangi iste'dodlarni kashf etishga xizmat qilmoqda” – dedi Oybek Qosimov.
Dastlabki kun bahslarida quyidagi sportchilar g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi:
Qizlar
-40 kg
1. Jasmina Vladimirova (O'zbekiston)
2. Ulbo'sin Hakimova (O'zbekiston)
3. Muhayyo Ahmatova, Ayshabibi Muradimova (Qozog'iston)
-44 kg
1. Halimajon Qurbonova (O'zbekiston)
2. Assemkul Baltabay (Qozog'iston)
3. Diana Burkeeva (Qozog'iston), Fotimaxon Tursunboeva (O'zbekiston)
-48 kg
1. Tansulu Tleubergen (Qozog'iston)
2. Arujan Erejepova (Qozog'iston)
3. Madinaxon Akramova, Balnur Abdeshova (ikkalasi O'zbekiston)
-52 kg
1. Ayim Jumagalieva (Qozog'iston)
2. Maftuna Adhamova (O'zbekiston)
3. Ayaulim Kuanishova (Qozog'iston), Ahliya Mo'minova (Tojikiston)
O'g'il bolalar
-50 kg
1. Nurkanat Serikbaev (Qozog'iston)
2. Bahrom Botirov (O'zbekiston)
3. Temurbek Bobomurodov, Arturbek Vafoev (ikkalasi O'zbekiston)
-55 kg
1. Kayrjan Junisbek (Qozog'iston)
2. Saidjon Boboqulov (O'zbekiston)
3. Erlan Sovetxan, Aslan Les (ikkalasi Qozog'iston)
-60 kg
1. Azizbek Ortiqov (O'zbekiston)
2. Marlen Adil (Qozog'iston)
3. Nursultan Zayzagaliev, Yekilas Alseyt (ikkalasi Qozog'iston)
-66 kg
1. Tilegen Tinarbay (Qozog'iston)
2. Samandar Toshboev (O'zbekiston)
3. Evgeniy Kuku (Rossiya), Jaloliddin Boltaboev (O'zbekiston)