Felish EChL tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1540
Evropa Ligasi 1/4 finali doirasida "Benfika" "Ayntraxt"ni (4:2) mag'lubiyatga uchratdi.
Bu o'yinda portugallarning 19 yoshli futbolchisi Joau Felish uchta gol kiritdi. "ESPN" nashriga ko'ra, futbolchi bu bilan Evropa Ligasida xet-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Felish joriy mavsumda "Benfika" safida 36 ta o'yinda 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchiga "Bavariya", "Barselona", PSJ, "Real" va "Yuventus" qiziqyapti. Felishning transfer narxi 120 mln evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!