«Atletiko» himoyachisi yozda «Inter»ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1483
«Atletiko» himoyachisi Diego Godin jamoani tark etishga yaqin turibdi. Urugvaylik mavsum so'ngida «Inter» safiga borib qo'shiladi.
33 yoshli futbolchi "neradzurri" bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. «Atletiko» Godinni o'z safida saqlab qolishi mumkin. Ammo klub siyotiga ko'ra, 30 yoshdan oshgan futbolchilarga 1 yildan oshiq shartnoma taklif qilinmaydi. Shu bois, uning Madridda qolish ehtimoli past baholanmoqda.
Godin 2010 yildan beri «Atletiko» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!