Diego Kosta uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1092
Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida bo'lib o'tgan «Barselona»ga qarshi o'yinda «Atletiko» hujumchisi Diego Kosta hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgandi.
La liga tartib-intizom qo'mitasi futbolchiga nisbatan jazolash haqida qaror chiqardi. Hujumchi 8ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. To'rtta o'yin hakam Xesus Xil Mansanoni haqorgat qilgani uchun, yana 4ta o'yin referinign qo'lidan ushlab olgani uchun berildi.
Shuningdek, Kosta va «Atletiko» klubi 6010 evro va 2800 evro miqdorda jarimaga tortildi.
Shu tariqa, Diego Kosta mavsumning qolgani qismini o'tkazib yuboradi. Boisi, Ispaniyada mavsum tugashiga 7 tur qoldi.
«Atletiko» tartib-intizom qo'mitasi qarori yuzasidan apellyatsiya berish huquqiga ega.