Qatar-2022. A guruhida kim etakchi bo'ladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100
Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati guruh bosqichiga qur'a tashlanganligidan habaringiz bor. Biz esa mundial bahslari va guruh etakchiligi uchun kurash olib boradigan terma jamoalar haqida so'z yuritamiz. Dastlab A guruhi.
Qatar
Jahon chempionati muzbonlari o'z guruhida etakchilardan biri hisoblanmoqda. Sababi qit'adoshlarimiz so'nggi osiyo chempionatida zafar quchishgan va uning ustiga ularga muxlislar va iqlimning ham qulayligi yordam berishi kutilmoqda. Osiyoliklar tarkibiga to'htalsak ham ular guruhida faqat Niderlandiyadan kuchsizroq qo'rinmoqda. Jamoa tarkibi faqat Qatarda tavallud topgan futbolchilardan tuzilmaydi. Ularda avvaldan ligeonerlarni milliylashtirish jarayoni kuzatilib kelinadi. Birgina misol Sebastyan Soriya Kuintana. Hozir xam muzbonlar tarkibida Ro-Ro Migelni ko'rishimiz mumkin. Braziliyalik Rodrigo Tabata ham jamoaning milliylashtirilgan futbolchisi hisoblanadi. Bulardan tashqari bir nechta afrikalik futbolchilar ham Qatar fuqaroligini qabul qilgan va terma jamoada o'nlab o'yin o'tkazgan.
Jamoaning asosiy yulduzlari: Almoez Ali, Akrom Afif, Hasan al-Haydos va Migel Ro-Ro.
Ekvador
Janubiy Amerika qit'asi vakillari bu safar guruh autsayderi sifatida ko'rilmoqda. Sababi jamoa tarkibi unchalik kuchli emas va guruhdagi qolgan 3 terma jamoaning so'ngi natijalari ancha yaxshi. Ekvador tarkibida to'p suruvchi futbolchilarning aksariyati Janubiy Amerikaning klublarida to'p suradi va ular orasida Evropa futbolida nom qozona olgan futbolchilarni deyarli uchratmaymiz. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki terma jamoa tarkibida katta tezlikka ega futbolchilar juda ko'p. Bu esa “bananchilar”ga qarshi hujumlarda yaxshigina imkoniyat eshiklarini ochishi mumkin. Jamoa jahon chempionatida nimanidir isbotlamoqchi bo'lsa ularga birgina imkon 1 turda mezbonlarga qarshi bahs bo'ladi.
Jamoaning asosiy yulduzlari: Perviz Estupinyan, Enner Valensiya va Kristian Noboa.
Senegal
Senegal 2022 yilda ikki bor dunyoga o'zlarini ko'z-ko'z qila oldi. Birinchisi Afrika chempionligi tufayli bo'lsa, ikkinchisi “lazer shou” yordamida Misr ustidan qozonilgan g'alaba sabab. Afrika qitasi vakillaridan ko'plab muxlislar guruhdan chiqishini so'rashmoqda. Katta ehtimol bilan jamoa 2 o'rin uchun kurash olib boradi. Senegal termasida yaxshi ijrochilarni ko'rishimiz mumkin. Afrika chempionlari va mezbonlar o'rtasidagi bahs juda ham qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Ungacha Senegal birinchi turda Niderlandiyaga qarshi o'yin olib boradi. Mane boshchiligidagi jamoa iqlimga moslashishi ham qiyin kechmaydi. Uning ustiga Senegal uchun taqvim juda ham qulay tuzilgan. Agar guruhdan chiqish uchun kurash ohirgi turgacha davom etsa, afrikaliklarning 3-turdagii raqibi Ekvador bo'ladi. Albatta bu holatda Qatarga havas qilib bo'lmaydi.
Jamoaning asosiy yulduzlari:Eduard Mendi, Kalidu Kulibali, Idrissa Geye, Buna Sarr va Sadio Mane.
Niderlandiya
“Lolalar yurti” jahon chempionatining 10 kuchli termasidan biri desak mubolag'a ishlatmagan bo'lamiz. Odatda ular har qanday holatda ham mundialni yaxshi o'tkazishadi. Van Gal shogirdlari uchun bu safargi qur'a juda ham omadli keldi. Ularga deyarli teng kuchli raqibni guruhda uchratmaymiz. Agar ular o'zlari uchun o'zlari muammo keltirib olmasa guruh bosqichi ular uchun muammo tug'dirmaydi. Niderlandiya guruhdi imkon qadar birinchi bo'lishga harakat qiladi. Shundagina ular keyingi bosqichda ham nisbatan osonroq raqibga duch keladi. Niderlandiyada tarkib yaxshi shakllangan va muxlislar ulardan yuqoriroq o'rinlarni talab qilishga haqli.
Jamoaning asosiy yulduzlari: Virdjil van Deyk, Jorjino Veynaldum, Frenki de Yong, Matteys de Ligt va Memfis Depay.
Mirjalol Pardaboev tayyorladi.
Manba: www.stadion.uz.