Birinchi kunni uchta medal bilan yakunladik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
Turkiyada start olgan dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tdi. Kechki dasturda hamyurtimiz Sardor Nurillaev (-66 kg) ham bronza medali uchun bahsda g'alaba qozondi.
Mo'g'ilistonlik tajribasi Basxu Yondonperenleiga qarshi tatamiga chiqqan Sardor og'ritish usuli bilan raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa u o'z hisobiga 500 reyting ochkosini qo'shib qo'yish barobarida delegatsiyamiz hisobiga musobaqadagi uchinchi medalni taqdim qildi.
Ertaga o'rta vazn toifasida bellashadigan hamyurtlarimizga ham omad tilab qolamiz.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!