Dzyudochilarimizning Antalya “Katta dubulg'a” turniri uchun tarkibi bilan tanishing
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
1-3 aprel kunlari Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo'lib o'tadi. Dunyoning 70 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilayotgan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham g'oliblik uchun tatamiga chiqishadi. Tarkibda Sardor Nurillaev, Sharofiddin Boltaboev, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyazova kabi xalqaro maydonda katta tajribaga ega bo'lgan vakillarimiz qatori bir qator yosh sportchilarni ham uchratish mumkin. To'liq tarkib quyidagicha:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Kemran Nurillaev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
+100 kg: O'tkir To'raboev
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonova