Suares APLga qaytishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Luis Suares Stiven Jerrard va Filippe Koutino bilan yana birga bir jamoada bo'lish uchun Angliyaning “Aston Villa” klubiga o'tmoqchi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Suaresga allaqachon ingliz klubidan taklif tushgan. U Premer-ligaga qaytishga tayyor. Buning asosiy sababi sifatida Madridda muntazam o'yin amaliyotini yo'qotgani bo'lmoqda.
O'z vaqtida Luis "Liverpul"da yorqin o'ynagan. Uni haqli ravishda Premer-liga tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri deyish mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!