"Chelsi" futbolchisiga A seriyaning 5 ta klubidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145
"Milan" yozda "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Yaqinda yarim himoyachining agenti uning"Chelsi"dagi kelajagi so'roq ostida ekanligi va futbolchi Italiyaga qaytishni orzu qilayotganini aytdi. Ta'kidlanishicha, italiyalik futbolchiga hozirda A seriyaning 5 ta jamoasi - "Milan", "Inter", "Yuventus", "Roma" va "Napoli"dan taklif bor.
Yarim himoyachining shartnomasi 2023 yilda tugaydigan bo'lsa, "Chelsi" uni tekinga ketmasligi uchun yozda sotishi mumkin. Calciomercato nashrining xabar berishicha, milanliklar bundan unumli foydalanish niyatida, chunki ular Jorjinoni "Barselona"ga o'tishi mumkin bo'lgan Frank Kessiega o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!