Dibalaga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179
Yozda erkin agentga aylanadigan Paulo Dibalaga transfer bozorida talab katta.
Football Italia nashri xabariga ko'ra, argentinalik yulduzga oltita klub qiziqish bildirgan.
28 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogarlar «Inter» va «Atletiko», «Barselona», «PSJ», «Tottenxem» va «Arsenal» klublari bo'lib turibdi.
Joriy mavsumda Dibala «Yuventus» safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!