Van Deyk "Liverpul"ning tig'iz taqvimi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk jurnalistlarga jamoaning aprel oyidagi tig'iz taqvimi haqida o'z fikrini aytdi.
"Menimcha, unutmasligimiz kerak bo'lgan birinchi narsalardan biri bu: zavqlanish. Endi xalqaro o'yinlar uchun tanaffus bor, biz jamoalarimiz uchun yaxshi o'ynashimiz kerak, tarkiblar o'zgaradi va umid qilamanki, hamma yaxshi formada va sog'lom qaytib keladi" - dedi Van Deyk.
Himoyachi, shuningdek, Angliya kubogining chorak final uchrashuvida g'alaba qozonganidan xursandligini bildirdib o'tdi va yarim final o'yinlari bo'lib o'tadigan “Uembli”ga safar qilishni kutayotganidan xursand ekanligini ta'kidladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!