«Al Sadd»ning ikki futbolchisi «Paxtakor»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1638
Xabaringiz bor, Qatar chempioni “Al Sadd” OChL 3-turida Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'ladi.
“Al Sadd” bugun Toshkentga etib kelishi kutilmoqda. Avvalroq, jamoa “Paxtakor”ga qarshi kengaytirilgan tarkibni e'lon qilgan edi. Jamoa etakchilari Xavi va Gabilar qaydnomadan o'rin olgan.
“Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan qatarliklarda ikkita yo'qotish mavjud. Jarohati sababli Abdulkarim Xasan va Al Dosari “Paxtakor”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Bu haqda klubning tvitterdagi sahifasi xabar tarqatdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!