"Kristal Pelas" futbolchisi Angliya terma jamoasiga ilk bor chaqirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
“Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexi ilk bor Angliya terma jamoasiga chaqirildi.
Futbolchi avvalroq "Chelsi"ga tegishli edi, ammo joriy mavsum boshlanishidan oldin Gexi 18 million funt sterling evaziga "Pelas"ga ko'chib o'tdi.
Joriy mavsumda Gexi Premer-ligada 28 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, himoyachining transfer narxi 22 million funtni tashkil qiladi.
Gexi Angliya yoshlar terma jamoasida ham o'ynagan bo'lib, unda 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Angliya terma jamoasi 26 mart kuni Shveytsariyaga, 29 mart kuni Kot-d'Ivuarga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!