Portugaliya terma jamoasining "hayot-mamot" janglari uchun qaydnomasi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150
Fernandu Santush boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi jamoasining 2022 yil mart oyidagi jahon chempionati pley-off bosqichi uchun qaydnomasini taqdim etdi. Saralash yarim finalida portugallar o'z maydonida Turkiyaga qarshi o'ynaydi, ushbu bahsda g'alaba qozonsa, Italiya-Shimoliy Makedoniya juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Darvozabon: Antoni Lopesh («Lion»), Diogu Koshta («Portu»), Ruy Patrisiu («Roma»).
Himoyachilar: Sedrik Soaresh («Arsenal»), Diogu Dalot («Manchester Yunayted»), Joau Kanselu, («Manchester Siti»), Gonsalu Inasiu («Sporting»), Joze Fonte («Lill»), Pepe («Portu»), Nunu Mendesh («PSJ»), Rafael Gerreyru («Borussiya» Dortmund).
Yarim himoyachilar: Danilu Pereyra («PSJ»), Ruben Nevesh («Vulverxempton»), Vilyam Karvalyu («Betis»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Joau Moutinyu («Vulverxempton»), Mateush Nunesh («Sporting»), Otavio Monteyro («Portu»), Bernardu Silva («Manchester Siti»).
Hujumchilar: Andre Silva («RB Leyptsig»), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»), Diogu Jota («Liverpul»), Gonsalu Gedesh («Valensiya»), Joau Feliks («Atletiko»), Rafael Leau («Milan»).