"Real" futbolchilari "Barselona"ga qarshi o'yinda maxsus libosda maydonga tushishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
"Real" futbolchilari "Barselona"ga qarshi La Liganing 29-tur uchrashuviga klubning 120 yilligiga bag'ishlangan qora libosda maydonga tushadi.
Maydon o'yinchilari qora rangli, darvozabonlar esa pushti rangli formada bo'lishadi.
"El-Klasiko" 20 mart kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ayni damda "Real" Ispaniya chempionatida 3-o'rindagi "Barselona"ni 15 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda. Ushbu raqiblar o'rtasidagi birinchi davra uchrashuvi "qaymoqranglilar"ning g'alabasi (2:1) bilan yakunlangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!