Berardi "Napoli"ga o'tmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
"Sassuolo" yarim himoyachisi Domeniko Berardi yozda A Seriyaning boshqa klubiga o'tmoqchi. Football Italia xabariga ko'ra, 27 yoshli yarim himoyachi "Napoli"ga o'tishga intilmoqda, garchi unda "Milan" bilan ham varianti bor.
Berardining "Sassuolo" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Italiya klubi futbolchi bilan 35 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyaning 26 ta o'yinida maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!