Edita Mirobidova Filippin - Xitoy Taypeyi uchrashuvini boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2029
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarish uchun taklif etilayotganidan xabaringiz bor.
Jumladan, Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o'rin olgan Indoneziya va Myanma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hamyurtimiz Zilola Rahmatova yon hakam sifatida ishlashi haqida ma'lumot berib o'tgandik.
Bugun shuningdek, yana bir hamyurtimiz Edita Mirobidova Filippin - Xitoy Taypeyi jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!