"Tottenxem" Depayga taklif bilan chiqmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
"Barselona" o'z hujumchisi Memfis Depay bilan xayrlashmoqchi emas. Bu haqida jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar niderlandiyalik forvard uchun "shporlar"dan hech qanday taklif olmagan. O'z navbatida, "Barselona" hozircha Memfisni sotishni rejalashtirishmayapti. Yakuniy qaror yozda qabul qilinadi.
28 yoshli Niderlandiya terma jamoasi a'zosi bu mavsum jami 27 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!