"So'g'diyona - OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77
Bugun Qarshining "Nasaf" jamoasi Osiyo Chempionlari Ligasi pley-off saralash bosqichida BAAning "Baniyas" jamoasi bilan bellashdi.
Sherzod Nasrullaev va Xusayn Norchaevlar tomonidan kiritilgan gollar Ro'ziqul Berdiev jamoasiga OChLning guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishiga yordam berdi.
Shu tariqa, qarshilik futbolchilar OChL-2022 guruh bosqichlarida ishtirok etadi.
Quvonarli tomoni shundaki, "Nasaf"ning bugungi g'alabasi Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etishini ta'minladi.
Shu tariqa, Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "So'g'diyona" jamoasi o'z tarixida ilk bor Halqaro musobaqada ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!