G'iyosjon Boboev bugun Antalya Gran-prisida ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1040
Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqada bugun ikkinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi. Ushbu kun doirasida o'rta vazn toifasidagi sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Terma jamoamizdan -73 kg vaznda kurashadigan G'iyosjon Boboev ushbu kun dasturida o'z omadini sinab ko'radi. Vakilimizning birinchi bosqichdagi raqibi moldovalik Yan Naku bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan bellashuvda hamyurtimiz Kerman Nurillaev (-60 kg) terma jamoamiz hisobiga kumush medalini olib kelgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!