«Borussiya Dortmund» Sanchoni qo'yib yubormoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1139
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske jamoa vingeri Jeydon Sanchoni qo'yib yubormoqchi emasligini ta'kidladi.
“Mish-mishlar meni havotirga solmayapti. Jeydon kelasi mavsum ham bizning jamoada o'ynaydi. Bu hamma uchun ma'lum va bu fakt. Uning narxi yuq. Evropada hech kim bizga Sancho borasida taklif bilan chiqmaganini hamma biladi”, -deydi bosh direktor Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq, futbolchi xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “Real” va PSJ klublaridan takliflar bo'layotgani to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!