Shayh Salmon OFKga qayta prezident etib saylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1089
Biroz avval, 6 aprel kuni OFK shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2019-2023 yillar uchun prezidenti saylanishi haqida xabar qilgan edik.
Saylov jarayonlari hozirgina o'z yakuniga etdi. Uning yakunlariga ko'ra, Shayh Salmon bir Ibrohim al-Halifa g'olib bo'ldi va keyingi 4 yillikda OFK prezidentiligini saqlab qoldi.
OFK prezidentligi uchun kurashda Shayx Salmondan boshqa hech kim yo'q edi. Ikki nafar nomzod Muhammad Halfan Matar Said al-Romayti (BAA) hamda Saud Aziz Muhammad al-Moxannadi (Qatar) o'z nomzodini qaytarib olishgandi.
Bahraynlik Shayx Salmon 2013 yilning may oyidan buyon Osiyo qit'asi futboli prezidenti bo'lib ishlab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!