"Yuventus" hamon "Latsio" futbolchidan umid uzmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
Turinning «Yuventus» klubi «Latsio» yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichdan hali umidini uzmagani haqida Tuttomercatoweb sayti xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, futbolchining o'zi «PSJ» jamoasiga o'tmoqchi. Shu yilning yozida parijliklar futbolchining transferi uchun 80 million evro to'lamoqchi. Futbolchining o'zi ham faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishga qarshi emas. Biroq, "Yuventus" futbolchining bu niyatidan qaytarib, o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda.
Joriy mavsum 27 serbiyalik futbolchi A Seriya doirasida «Latsio» safida 28 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol kiritdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!