Sarri: "Transferlar taqiqidan qo'rqmayman, "Chelsi" o'yinchilariga ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1625
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri yangi o'yinchilarni xarid qilishga FIFA qo'ygan taqiq uni bezovta qilmasligini aytdi.
"O'z o'yinchilarimga to'liq ishonaman. Bizda o'sayotgan yosh futbolchilar ko'p. Agar ular yana rivojlanishsa, kelajakda yanada kuchayamiz. Transfer bozori borasida xotirjamman. O'z o'yinchilarimga ishonaman", - deydi Sarri.
FIFA yaqin ikki transferlar davrida "Chelsi"ga yangi o'yinchilarni xarid qilishni taqiqlab qo'ygan. Shu tariqa, "aristokratlar" mavsum-2019/20 yakunidan so'ng transfer bozoriga bosh suqishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!