Osiyo chempionati qahramonlari bugun tunda O'zbekistonga etib borishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Amman shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqada 49 nafar bokschi bilan ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasi yakunda 46 ta medal qo'lga kiritdi.
Iordaniya mezbonlik qilgan qit'a birinchiligida avvaliga o'smirlarimiz, keyin esa yoshlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Mazkur chempionat qahramonlari bugun (15 martdan 16 martga o'tar kechasi) soat 02:00da Toshkent shahriga etib borishadi.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!