Sanjar Rahmonov professional faoliyatidagi 14-jangida ringga ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1244
Bugun Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan bokschimiz Sanjar Rahmonov professional ringdagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
Las-Vegasda o'tkazilgan jangda hamyurtimizga amerikalik Keyt Xanter raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va afsuski unda bokschimiz ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ma'lumot uchun, Sanjar Rahmonovning prof boksda o'tkazgan janglari soni 14 taga etdi. U janglarining 11 tasini o'z foydasiga hal etgan (5 ta nokaut). 1 ta durangga erishgan. Bugun faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Xanter uchun esa bugungi jang 10-si bo'ldi. U barcha janglarda g'alaba qozonmoqda (7 ta nokaut).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!