Saloh «Liverpul» safida APL doirasida 50-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1263
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining 33-turi doirasida «Sautgempton»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (3:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.
26 yoshli futbolchi mersisaydliklar safida so'nggi marta 9 fevral kuni to'p kiritgandi. U barcha musobaqalar doirasida 8ta o'yindan iborat golsiz seriyaga baram berdi.
Bu gol Saloh uchun «Liverpul» tarkibida Angliya premer-ligasi doirasidagi 50-gol bo'ldi. Buning uchun unga 69ta o'yin kerak bo'ldi. APLda bu marrani Rud van Nistelroy (68) va Alan Shirer (66) tezroq zabt etishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!