Intervyu. Umar Eshbo'taev: "Biz hech jabhada «Paxtakor»dan qolishmadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1540
Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida yakunlangan «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv so'ngida «Ajdarlar» sardori Umarbek Eshbo'taevni suhbatga tortdik.
Avvalambor ajoyib o'yin uchun rahmat. Bugun sizlarga nima etishmadi deb hisoblaysiz?
- Bilmasam, bizga bugun vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimiz pand berdi menimcha, umuman olganda, hech jabhada grand klubdan qolishganimiz yo'q.
«Paxtakor»ning jismoniy xolati haqida nima deya olasiz? «Nasaf»ga bugun so'nggi daqiqalarda charchab qolgani uchun to'p o'tkazib yubormadimi?
- Aslo yo'q. Bugun biz hech jabhada «Paxtakor»dan qolishmadik. O'tkazib yuborilgan golga keladigan bo'lsak, to'grisi, biz durrangga o'ynashga intildik. Balki shuning uchun gol o'tkazib yuborgandurmiz
Mag'lubiyatdan so'ng yigitlarning kayfiyati qanaqa?
- Hozir Ro'ziqul Berdiev aytganlaridek ichimizdagi yoshroqlarimiz mag'lubiyatdan so'ng yig'lab yuborishdi. To'g'risi, juda achinarli xolatdamiz.
Bugun «Nasaf»ga yaxshi bir legioner etishmagandek tuyuldi?
- Gapingizda jon bor, ammo hozir bizning moliyaviy imkoniyatlarimiz legionerlarni jalb etishga qodir emas. Umid qilamizki, mana shu yosh futbolchilar legionerlarning o'rnini bilintirishmaydi.
Balki bugun sizlarga Cheran etishmagandir?
- Cheran kuchli futbolchi, u bo'lganida balki vaziyat boshqacharoq ko'rinish olar edi deya olmayman.