Merganlarimiz ertaga xalqaro turnirdagi ishtirokini boshlashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1075
5-12 aprel kunlari Qozog'istonning Chimkent shahrida pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha «Altin Mergen» xalqaro turniri start oladi.
Musobaqada Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya kabi mamlakatlar qatorida O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi.
1 hafta davom etadigan mazkur turnirda 164 mergan o'z omadini sinab ko'radi. Ular qatorida medallar uchun kurashadigan tarkbimiz quyidagicha: Asilov O. Skoravarov V. Sayfuddinov S. Turg'unova Sh. Masharipova Sh. Anorboev A. Kamolov M. Azimboeva I. Keremova M. Pardabeva Z. Toxirova M. Komilova O. Orlova M. Mirzajonov S. Muhammadraximov A.
Musobaqa reglamentga ko'ra, 10, 25 va 50 metrga pnevmatik miltiq hamda to'pponchadan o'tish bo'yicha o'tkaziladi. Yurtdoshlarimiz ertaga bahslarga kirishadilar.