Ro'ziqul Berdiev: «Yosh futbolchilarimizga mardonavor o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1131
“Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirdi:
"Men birinchi galda yosh futbolchilarimizga shunday gigant klubga qarshi bahsda mardonavor o'yin namoyish eta olishgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Birinchi bo'limda o'yinimiz u qadar qovushgani yo'q. Lekin ikkinchi bo'limda ancha yaxshi harakat qila oldik. Qolaversa, gol kiritishni uddaladik. Hisob durang paytida bizda juda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgan edi. Balki o'sha vaziyatdan unumli foydalana olganimizda hisob umuman boshqacha ko'rinish olishi ham mumkin edi", - dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!