O'FAdan yana bir yangi dastur
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4321
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, akademiya bitiruvchilarining kelajakda etuk futbolchi bo'lib etishishlarini ta'minlash, milliy va yoshlar terma jamoalari uchun munosib nomzodlar tayyorlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shu yilning 6-7 aprel kunlari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida hududiy bolalar va o'smirlar akademiyalari uchun navbatdagi seminar tashkil etiladi. Seminarda akademiyalar tarbiyalanuvchilari hamda murabbiylari uchun “English For Football” ingliz tili o'quv-dasturini amaliyotga tatbiq etish masalasi muhokama qilinadi. Seminarni ingliz tili bo'yicha mutaxassis Sa'dulla Muzaffarov olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!