Kemran Nurullaev Antalya Gran-prisining finalida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1095
Antalyada boshlangan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tmoqda.
Biroz avval -60 kilogramm vazn toifasida qatnashgan vakilimiz Kemran Nurullaev final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Yurtdoshimiz bu yo'lda Xitoy Taipeyi, Turkiya, Bolgariyaning nomdor dzyudochilarini, chorak finalda esa jahon chempionatining kumush sovrindori ozarbayjonlik Orxan Safarovni, yarim finalda esa o'smirlar o'rtasida jahon chempionati g'olibi turkiyalik Mixrach Akkshni dog'da qoldirdi.
Nurullaevning finaldagi raqibi Rio olimpiadasining kumush medali sohibi qozog'istonlik Eldos Smetov bo'ladi. Hal qiluvchi bellashuvda dzyudochimizga omad tilaymiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!