Klopp: "O'ylashimcha, barcha sovrinlar "Manchester Siti"niki bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1434
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ni dunyoning eng kuchli jamoasi deb hisobladi. Uning fikricha, aynan "shaharliklar" o'zlari ishtirok etayotgan barcha turnirlarda zafar qucha olishadi.
«Agar har tomonlama qaraydigan bo'lsak, "Siti"da barcha to'rtta sovrinni qo'lga kiritish imkoni ko'proq. Men shunday o'ylayman. «Barselona», «Yuventus» va «Siti» — Chempionlar ligasining asosiy favoritlari. Ular orasida esa "Siti" barqaror o'yin ko'rsatyapti. Ammo baribir bu "shaharliklar" qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonishi aniq, degani emas», — dedi Klopp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!