Xorazmda "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3334
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish, futbol ommaviyligini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xorazm viloyati Urganch shahrida futbol bo'yicha "Viloyat hokimi Kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada jami 8ta jamoa 3 guruhga bo'lingan holda kurash olib bordi.
Bular "Bog'ot", "Akademiya 2001", "Urdu", "Olimpiya zaxiralari kolleji", "Xiva", "Yoshlik" va "Akademiya 2002" jamoalari. Qizg'in kechgan kurashlar natijasida "Yoshlik" jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi. G'oliblarga viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan Kubok va medallar topshirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!