Bugun 5 nafar bokschimiz final yo'llanmasi uchun jang qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2851
Kecha Anapa shahridagi "Voleygrad" sport majmuasida Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirning chorak final janglari bo'lib o'tdi.
Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
-49 kg: Shahzod Muzaffarov - Muxammed Vakxaev (Rossiya) g'alaba
-56 kg: Xurshidbek Rasuljonov - Baybaris Jeysenov (Qozog'iston) g'alaba
-64 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Akshay Kumar (Hindiston) g'alaba
-75 kg: Suhrobjon Kayimov - Soslan Keleksaev (Gruziya) g'alaba
-81 kg: Shohjahon Abdullaev - Ilya Bogatiryov (Rossiya) mag'lubiyat
Bugun yarim final doirasida hamyurtlarimiz ishtirokida quyidagi janglar bo'lib o'tadi:
-49 kg: Shahzod Muzaffarov - Rudolf Garboyan (Armaniston)
-56 kg: Xurshidbek Rasuljonov - Vsevolod Shumkov (Rossiya
-64 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Ilya Shakirov (Rossiya)
-69 kg: Nurislom Ismoilov - Margulan Aydaruli (Qozog'iston)
-75 kg: Suhrobjon Kayimov - Erasil Jakpekov (Qozog'iston)