Toshkentda Yaponiya klubi ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1931
Xabaringiz bor, Yaponiyaning "Vanfore Kofu" klubi O'zbekiston hamda Yaponiya futbol assotsiatsiyalari o'rtasidagi o'zaro memorandumga asosan mamlakatimizga tashrif buyurib, bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, yaponiyaliklar 3 va 4 aprel kunlari Samarqand va Toshkent futbol akademiyalariga qarshi maydonga tushishdi. Bugun "Milliy" stadionda "Vanfore Kofu" jamoasi ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil etildi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" klublari akademiyalari qatnashdi. Musobaqa ikkita yarim final, 3-o'rin uchun bahs va final uchrashuvlaridan iborat. Birinchi yarim finalda "Vanfore Kofu" klubi "Bunyodkor" akademiyasiga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi yarim finalda "Nasaf" akademiyasi xuddi shu hisobda "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarini taslim etdi. Endi ertaga 3-o'rin uchun bahsda "Vanfore Kofu" "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushadi. Final esa "Nasaf" va "Bunyodkor" akademiyalari tarbiyalanuvchilari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!