"Barselona" Messi bilan butun umrlik shartnoma tuzmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4329
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeuning aytishicha, rahbariyat Messi bilan butun umrlik shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda. Ular Messining doim "Barselona"da bo'lishini istashyapti.
"Biz Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz. Ishonamizki, u hali uzoq muddat biz bilan bo'ladi. Yaqin oylar ichida stol atrofida shu masalani muhokama qilamiz.
Messi – bitta klubning futbolchisi. Uning bizga foydasi faqat maydonda emas, Messining "Barselona"ga aloqadorligining o'zi biz uchun muhim. Biz Messining umrining oxirigacha jamoada qolishini istaymiz, hozircha futbolchi, keyin esa klub rahbariyati tizimidagi xodim sifatida", – dedi Bartomeu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!