Futbol akademiyalari o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1844
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni turli yosh toifadagi milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz tarixida ilk bor O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o'rtasida O'zbekiston Chempionati o'tkazilishi haqida xabar berib o'tgandik. Bugun ana shu chempionatga start berildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari o'rtasidagi O'zbekiston Chempionati ikki bosqichda “A” va “V” mintaqalarga bo'lingan holda o'tkazilib, jamoalar uy-safar tizimida bellashishadi. "A" guruhidagi 1-tur uchrashuvlarida Samarqand akademiyasi Navoiy akademiyasiga qarshi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm viloyatiga qarshi, Buxoro viloyat akademiyasi esa Qashqadaryo akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. "A" guruhida 1-turda Surxondaryo viloyat akademiyasi dam oladi. "B" guruhida 1-turda Jizzax viloyati Sirdaryo akademiyasiga qarshi, Toshkent shahri Toshkent viloyati akademiyasiga qarshi, Farg'ona viloyati Andijon viloyati akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. Bu guruhda 1-turda Namangan viloyati akademiyasi dam oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!