A Pro-liga: mehmonlarga atalgan tur
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 895
A Pro-liga jamoalari o'rtasida 1-tur o'yinlariga yakun yasaldi. Turning so'nggi uchrashuvi Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazilib, unda mazkur viloyatning ikki vakili – “Iftixor” va “Istiqlol” jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv nominal mehmon sifatida harakat qilgan “Istiqlol”ning katta ustunligida o'tib, unda yirik – 0:3 hisobi qayd etildi. Bu g'alaba “Istiqlol” futbolchilarini musobaqada peshqadamga aylantirdi. Umuman, kecha bo'lib o'tgan uchta o'yindan ikkitasida mehmonlar g'alaba qozonishgan edi. Shu ma'noda aytadigan bo'lsak, 1-tur o'yinlari mehmonlarga ataldi. “A” Pro-Ligasi 3 aprel “Sho'rtan” (G'uzor) – “Oqtepa” (Toshkent) – 2:1 Gollar: Nurali Padarov (25), Qahramon Bahodirov (77) – Pavel Purishkin (33) “Neftchi” (Farg'ona) – “Xorazm” (Xorazm) – 0:1 Gol: Davron Mamatov (70, avtogol) “Sherdor” (Samarqand) – “Mash'al” (Muborak) – 0:1 Gol: Muhammad Toshpo'latov (90+4) 4 aprel “Iftixor” – “Istiqlol” – 0:3 Gollar: Anvar Xojimirzaev (31), Farrux Ibrohimov (35), Anvar Berdiev (90).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!