«Xaromdan qo'rqmaganlar ham bor» – Diyor Imomxo'jaev
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 610
“Bunyodkor” dastlabki yillar rosa odam yig'ardi, esingizdami. Jilla qursa “Paxtakor” bilan raqobati bor edi.
So'nggi 3-4 yilda ishlagan rahbariyat esa muxlislar sonini 1000 ga olib chiqolmadi. Ular marketing uchun sarf etish kerak bo'lgan pullarni o'ziga yozdi.
“Paxtakor” ketma-ket necha marta chempion bo'ldi? Orada muxlislarni uyidan olib chiqishdi, qo'rqitishdi. O'yinlariga esa shubha bor edi. Odam qadami arimadimi? Hozir-chi? O'tgan mavsum klub chempion bo'la olmadi, ammo odamlar kelyapti-ku.
Namangan, Surxondaryo, Buxoro, Andijon, Jizzaxda odamlar jamoasi chempion bo'lishiga ishonadi deysizmi? Yo'q, ular umid qiladi, toza futbol ko'rmoqchi bo'ladi. Biroq ayrimlari bugun bilishyaptiki, haromdan qo'rqmaganlar ham bor va ular doim bo'lgan. Shundaylarni fosh qilish boshlanmadimi?
O'zPFL o'tgan mavsum Ramazon oyida o'yinlar vaqtini iftorlikka mosladi.
O'zPFL shu yildan boshlab o'yinlar vaqtini asr va shom vaqtlariga moslayapti.
O'zPFL projektorlar talabini aynan muxlislar quyoshda qolmasligi uchun talab qiladi.
O'zPFL siz aytgan o'sha sektorlarda muxlislar uchun sharoitni klublardan talab qiladi.
O'zPFL muxlislar uchun egulik va ichimlik bo'lishini talab qiladi, oldinda yangiliklar bor.
Shundan keyin ham muxlislar bilan ishlamayotgan tomonga qat'iy turish aybmi? Nima uchun qaerdagi legionerlar uchun milliard topiladi-yu klublarda, o'sha klub kattalari muxlislar quyoshda qolmasligi uchun taxminan shu pulga tribunasiga soyabon qurmaydi? Bu ham marketing, chiptalardan 1 yildayoq chiqarib olar balki pulini?