Shota Arveladze: «Nasaf» bilan o'yinlar qiziqarli kechadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1073
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Nasaf" bilan uchrashuvdan oldin o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
- Bizni yana bir qiziqarli o'yin kutib turibdi. "Nasaf" o'z o'yin uslubiga ega jamoa. Ular doim hujumkor va muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish qilishga harakat qilishadi. Bunday jamoalar bilan to'qnash kelish har doim yoqimli. Tarkibida yoshlar bilan o'ynashiga qaramay, "Nasaf"ning dastlabki ikki turdagi o'yini menda iliq taassurot qoldirdi. Ular to'pni nazorat qilishga e'tibor qaratishgan. "Nasaf"da tajribali murabbiy ishlayotganini ham ta'kidlab o'taman. Berdiev o'z falsafasiga ega. Doimo futbol o'ynaydigan jamoa shakllantiradi. Uning ishini juda hurmat qilaman.
Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Barcha futbolchilar maydonga tushishga shay holatda, jamoa o'yindan-o'yinga o'sib borishga intilmoqda. Bizda raqobat kuchli va istalgan paytda o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin.
Stadionga muxlislar qaytayotgani ajoyib. Endi nafaqat g'alaba uchun, balki chiroyli harakatlar bilan ishqibozlarga xursandchilik ulashish uchun ham chiroyli, hujumkor futbol ko'rsatishimizga to'g'ri keladi. Futbolchilarga to'la stadionda o'ynash doim maroqli.