Asror G'ofurov: «Ichki muhit yomon emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 878
Xabaringiz bor, kecha “Lokomotiv” – “Andijon” uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda “temiryo'lchilar” yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng “burgutlar” futbolchisi Asror G'ofurov bilan qisqa suhbat uyushtirdik.
- Uchrashuv haqidagi fikrlaringzi?
“Lokomotiv” bugun g'alabaga haqli edi. “Lokomotiv” kecha bizdan kuchli edi. Futbolda esa doim kuchlilar g'alaba qozonadi.
-Jamoada ichki muhit qanday?
- Jamoada ichki muhit yomon emas. Hamma bir birini hurmat qiladi. Shuningdek, bu bizni jamoa bo'lib o'ynagan uchinchi o'yinimiz. Mavsum endi boshlandi oldinda yana 23ta tur bor. Jamoaviy o'yinimizni yaxshilab, o'z muxlislarimizni hali ko'p xursand qilamiz.
- Birinchi bo'limda jamoa yaxshi o'ynadi. Ikkinchi bo'lim esa to'liq “Lokomotiv” ustunligida o'tdi. Jamoa futbolchilari charchab qoldimi?
- Yuq, bunday emas. Bu futbol kecha ular bizdan kuchliroq va omadliroq edi.
Jaloliddin Qobiljonov yozib oldi.